O‘zbekiston TIV rahbari Janubiy Koreya delegatsiyasini qabul qildi

Iyun 15, 2026. 21:00 • 52 soniya

21
O‘zbekiston TIV rahbari Janubiy Koreya delegatsiyasini qabul qildi

TOSHKENT, 15-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Chun I Xe boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Chun I Xeni qabul qilishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston–Koreya alohida strategik sherikligini yanada mustahkamlash uchun savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida ulkan imkoniyat mavjudligi qayd etildi.

Bo‘lajak oliy darajadagi ko‘p tomonlama tadbirlarga tayyorgarlik doirasida tashqi siyosiy idoralar o‘rtasidagi faol muloqotni qo‘llab-quvvatlaymiz”.

“Dunyo” AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish