“The World News”: Samarqanddagi Imom al-Buxoriy majmuasi bir oyda 1 milliondan ortiq mehmonni qabul qildi
May 17, 2026. 10:00 • 2 daq
• 141
ISLOMOBOD, 17 may. /“Dunyo” AA/. Pokistonning “The World News” portalida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qayta bunyod etilgan Imom al-Buxoriy majmuasiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Samarqanddagi Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi qayta ochilganidan keyingi birinchi oyda 1 milliondan ortiq mehmonni qabul qildi, – deyilgan maqolada. – Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi keng ko‘lamli me’moriy yangilanishlar doirasida qayta qurilib, zamonaviylashtirildi”.
Ta’mirlash ishlaridan so‘ng majmua imkoniyatlari sezilarli darajada kengaydi va u mintaqadagi eng yirik ziyorat markazlaridan biriga aylanib, mahalliy hamda xorijiy mehmonlarni faol qabul qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, rekonstruksiyadan oldin majmua kuniga salkam 12 ming nafar tashrif buyuruvchini qabul qila olar edi. Qayta qurish ishlaridan keyin esa uning sig‘imi kuniga 65 ming nafarga yetdi. Infratuzilmaning kengaytirilishi sayyohlar oqimining keskin oshishiga asosiy omil bo‘ldi.
Tashrif buyuruvchilar obodonlashtirilgan hududlar, yashil maydonlar, qulay piyodalar yo‘laklari hamda rivojlangan xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yuqori baholashmoqda. Kechki paytda majmua yoritish tizimi tufayli o‘ziga xos me’moriy ko‘rinish kasb etib, sayyohlar uchun yana bir jozibador manzilga aylanadi.
Mehmonlar shuningdek umumiy sharoitlar yaxshilanganini va majmua oilaviy tashriflar uchun ham juda mos ekanini ta’kidlashmoqda. Majmuaga bo‘lgan yuqori qiziqish har kunlik tashrif buyuruvchilar sonining kattaligida ham namoyon bo‘lmoqda.
“Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi O‘zbekistonda ziyorat turizmi rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega obyekt sifatida baholanadi. Shuningdek, mazkur majmua islom sivilizatsiyasining tarixiy merosini asrash va targ‘ib qilishda ham xizmat qiladi”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

“The Diplomat”: JCH–2026 da ishtirok etish o‘zbek futboli uchun “oltin davr”ni boshlab berishi mumkin

O‘zbekiston–Germaniya o‘rtasida kasb-hunar ta’limini rivojlantirishga bag‘ishlangan forum o‘tkazildi


