O‘zbekiston Prezidenti 17-18-may kunlari amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘ladi

May 17, 2026. 12:14 • 50 soniya

17
O‘zbekiston Prezidenti 17-18-may kunlari amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘ladi

TOSHKENT, 17-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 17-18-may kunlari amaliy tashrif bilan Boku shahrida bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi shafeligida o‘tkazilayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumi 13-sessiyasining Yetakchilar sammitida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.

Forum shaharlarni barqaror rivojlantirish, arzon uy-joy bilan taʼminlash, shahar muhiti sifatini oshirish, iqlim barqarorligi va uy-joyni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan.

Tashrif doirasida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish