Toshkentda “Inson uchun” festivali bo‘lib o‘tdi

May 16, 2026. 19:30 • 2 daq

42
Toshkentda “Inson uchun” festivali bo‘lib o‘tdi
Toshkentda “Inson uchun” festivali bo‘lib o‘tdi
Toshkentda “Inson uchun” festivali bo‘lib o‘tdi
Toshkentda “Inson uchun” festivali bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 16-may. /“Dunyo” AA/. Poytaxtimizda O‘zbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan III “Inson uchun” festivali o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

So‘nggi yillarda tadbir ixtisoslashtirilgan yarmarkadan inklyuzivlik, bandlik va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari, kasbiy tanlovlar, ta’lim dasturlari va muhokama uchrashuvlarini o‘zida birlashtirgan keng ko‘lamli ijtimoiy platformaga aylandi.

Bu yilgi festivalning asosiy voqealaridan biri nogironligi bo‘lgan shaxslarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va bandligiga ko‘maklashishga qaratilgan xalqaro harakat – O‘zbekistondagi ilk “Abilympics” respublika chempionati bo‘ldi. Chempionat doirasida ishtirokchilar turli kasbiy yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z salohiyatini namoyish etib, ish beruvchilar esa malakali va shijoatli mutaxassislar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Festival davomida inklyuziv bandlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlari yaratayotgan hamda inklyuziv korporativ madaniyat tamoyillarini joriy etayotgan kompaniyalar va tadbirkorlar ishtirok etdi.

“Ijtimoiy himoya agentligi uchun nogironligi bo‘lgan odamlar nafaqat qo‘llab-quvvatlash olishlari, balki o‘rganishlari, ishlashlari, rivojlanishi va jamiyatga to‘liq qo‘shilganliklarini his qilishlari uchun sharoit yaratish ayniqsa muhimdir”, - deya qayd etdi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shaxnoza Mirziyoyeva.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish