TXIF-2026: 43,1 milliard dollarlik investitsiyaviy bitimlar imzolandi

Iyun 20, 2026. 15:55 • 2 daq

68
TXIF-2026: 43,1 milliard dollarlik investitsiyaviy bitimlar imzolandi
TXIF-2026: 43,1 milliard dollarlik investitsiyaviy bitimlar imzolandi

TOSHKENT, 20-iyun. /“Dunyo” AA/. V Toshkent xalqaro investitsiya forumi yakunlariga ko‘ra, umumiy qiymati 43,1 milliard AQSh dollariga teng bo‘lgan 166 ta investitsiyaviy kelishuv imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur bitimlarning 31,8 milliard dollarlik qismi 139 ta yangi loyihani hayotga tatbiq etishni ko‘zda tutadi.

Bu yilgi forumda ishtirok etish uchun jami 10 ming 409 kishi ro‘yxatdan o‘tdi. TXIF-2026 ishida dunyoning 102 ta mamlakatidan 3 ming 802 nafar xorijiy delegat faol qatnashdi.

Anjumanda iqtisodiyotning real sektori vakillari bo‘lgan kompaniyalar yetakchilari soni 3 ming 145 nafarga yetdi, bu esa o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan qariyb 1,5 mingtaga ko‘pdir. Forumda ishtirok etgan kompaniyalar tasarrufidagi umumiy aktivlar hajmi taxminan 42 trillion dollarni tashkil qildi.

Bundan tashqari, tadbirlarda turli davlatlardan 76 nafar hukumat vakillari ishtirok etdi. Qiyyoslaydigan bo‘lsak, o‘tgan yili ularning soni 26 nafarni tashkil etgan edi.

Forumning ishchi dasturi doirasida jami 79 ta tadbir, jumladan, 34 ta panel munozarasi, 7 ta ikki tomonlama biznes-forum va 8 ta investitsiyaviy taqdimot o‘tkazildi. Ikki tomonlama biznes-forumlar AQSh, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Ozarbayjon, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari vakillari ishtirokida tashkil etildi.

Hozirgi vaqtda Xorijiy investorlar kengashiga iqtisodiyotning 23 ta tarmog‘idan 19 mamlakatning 85 ta kompaniyasi a’zo bo‘ldi. Bunga qadar Kengash tarkibiga 54 ta kompaniya kirgan edi.

Xorijiy investorlar kengashi faoliyatining asosiy natijalari qatorida 21 ta tashabbusning ilgari surilgani, 8 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi tayyorlangani, 16 ta ishchi guruh tuzilgani hamda 50 dan ortiq yig‘ilish va uchrashuvlar o‘tkazilganini qayd etish mumkin.

Nufuzli anjuman voqealarini dunyoning 41 mamlakatining 123 ta xalqaro ommaviy axborot vositasitalaridan kelgan 209 nafar xorijiy OAV va mediaindustriya xodimlari keng yoritdi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish