Tarek Mansur: Boshqaruv tizimini rivojlantirish O‘zbekiston kabi mamlakatlar uchun ajoyib imkoniyat yaratadi
Iyun 19, 2026. 11:30 • 2 daq
• 198
TOSHKЕNT, 19-iyun. /“Dunyo” AA/. Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan V Toshkent xalqaro investitsiya forumida qatnashgan Amerikaning mashhur “McKinsey & Company” kompaniyasi katta hamkori Tarek Mansur “Dunyo” AA muxbiriga intervyu berdi:
– Yuqori saviyadagi panel muhokamasida ishtirok etish sharafiga muyassar bo‘lganimdan mamnunman. Bu boshqaruv tizimi, uning qanday rivojlanayotgani hamda shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoda boshqaruvning ahamiyati tobora ortib, kuchayib borayotgani haqidagi munozara bo‘ldi. O‘zbekiston kabi mamlakatlar va kompaniyalar uchun bunday forumlar ko‘plab imkoniyatlar yaratadi.
Bugun biz boshqaruv doirasida muhokama qilgan mavzularning aksariyati, aslida, jahon miqyosida ham ahamiyatli. Turli mamlakatlar va kompaniyalarni o‘rganish uchun sayohat qilar ekanman, ular mahalliy imkoniyatlar uchun ham juda dolzarb, deb hisoblayman.
Biz, shuningdek, milliy boshqaruv darajasida ham suhbatlashdik. Masalan, O‘zbekiston vakili Abdulla Abduqodirov investorlar nuqtayi nazaridan milliy boshqaruv tizimining muhimligini hamda investorlar boshqaruv tamoyillarini joriy etishda puxta o‘ylangan, amaliy yondashuvni izlayotganini ta’kidladi.
O‘zbekistondagi faktlar va to‘plangan tajriba asosida o‘rganayotganlarimdan ijobiy manzara shakllanmoqda. Panel majlisida qayd etilganidek, bu mamlakatda rivojlanish uchun salmoqli turtki va ko‘plab ijobiy imkoniyatlar mavjud.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi