Logo

Tokioda maktab o‘quvchilari uchun “O‘zbekiston – ilmiy va madaniy meros yurti” mavzusida ochiq darslar tashkil qilindi

Mart 15, 2026. 11:00 • 2 daq

12
Tokioda maktab o‘quvchilari uchun “O‘zbekiston – ilmiy va madaniy meros yurti” mavzusida ochiq darslar tashkil qilindi

TOKIO, 15-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi, Tokiodagi metropoliten turizm boshqarmasi va JICA ko‘ngilli professorlari bilan hamkorlikda Suginami tumanidagi “Ogikubo” boshlang‘ich maktabida “O‘zbekiston - ilmiy va madaniy meros yurti” mavzusida ochiq darslar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ikki sessiyada maktabning 90 nafar o‘quvchisi, o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirok etishdi. Ular mamlakat tarixi, madaniy meros va sayyohlik imkoniyatlari bilan tanishdi. Shuningdek, Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz kabi YUNESKO merosi ro‘yxatiga kiritilgan shaharlar haqida taqdimot o‘tkazildi.

Tadbirda Amir Temur va Temuriylar imperiyasining jahon tarixidagi o‘rni, Sharq va G‘arb o‘rtasida savdo va diplomatiyadagi ahamiyati haqida ham maʼlumot berildi. Yoshlar Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, al-Xorazmiy va Al-Farg‘oniy kabi olimlar ilmiy merosi bilan ham tanishdi.

Shuningdek, ishtirokchilar o‘zbek xalqining milliy anʼanalari va hunarmandchilik mahsulotlaridan chuqur taassurot oldi. Tadbir so‘ngida maktab rahbariyati bilan yozgi taʼtilda O‘zbekistonga sayohatlar va onlayn darslar tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish