Finlyandiyaga tashrif buyurgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Xelsinki shahrida xalqaro bank prezidenti bilan uchrashdi
Mart 09, 2026. 14:54 • 58 soniya
• 257
TOSHKENT, 9-mart. /“Dunyo” AA/. Finlyandiyaga tashrif bilan kelgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Xelsinkida Nordik Investitsiya banki prezidenti va bosh ijrochi direktori Andre Kyuyusvek bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Bugun Xelsinki shahrida Nordik Investitsiya banki prezidenti va bosh ijrochi direktori Andre Kyuyusvek bilan samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Muloqotimiz davomida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari, xususan, barqaror infratuzilma, qayta tiklanuvchi energiya hamda energiya samaradorligi loyihalarini moliyalashtirish yo‘nalishlarini muhokama qildik.
Shuningdek, bankning O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni taʼminlashga qaratilgan ustuvor investitsiya tashabbuslarida ishtirok etish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqdik”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi