Xorij OAVda O‘zbekistondagi mehmon uylari keng yoritilmoqda

May 20, 2026. 19:55 • 58 soniya

105
Xorij OAVda O‘zbekistondagi mehmon uylari keng yoritilmoqda

KIEV, 20-may. /“Dunyo” AA/. “Euronews” O‘zbekistondagi mehmondo‘stlik anʼanalari va mamlakatdagi mehmon uylari haqida maqola eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Kyiv Diplomatic” jurnaliga tayanib.

Materialda mamlakatda mehmondo‘stlik kundalik hayotning bir qismi bo‘lib qolayotgani, kichik mehmon uylari esa sayyohlarga madaniyat va oilaviy anʼanalar bilan yaqindan tanishish imkonini berishi taʼkidlangan.

Xususan, maqolada Surxondaryodagi mehmon uyi egasi Majuda Nazarovaning mehmondo‘stligi haqida to‘xtalib o‘tilgan. Shu bilan birga, Buxoroda ham ko‘plab mehmon uylari mavjudligi, ularning tarixiy binolarda faoliyat yuritishi qayd etilgan. Samarqand va Toshkentdagi bu kabi uylarda esa milliy kolorit, xonadon muhiti va zamonaviy sharoitlar uyg‘unlashgani taʼkidlangan.

Xorijiy OAVning yozishicha, aynan shunday mehmon uylari sayohatchilarga O‘zbekistondagi haqiqiy hayot tarzini ko‘rsatib, asrlar davomida saqlangan mehmondo‘stlik anʼanalarini his etishga yordam beradi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish