Rossiyada jazo o‘tayotgan vatandoshlarning voyaga yetmagan uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
Sentabr 13, 2026. 13:30 • 2 daq
• 10QOZON, 13-sentabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi saʼy-harakati bilan Rossiyaning Mordoviya Respublikasi va Samara viloyatida jazo o‘tayotgan vatandoshlarning voyaga yetmagan farzandlarini O‘zbekistonga qaytarish ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur jarayon Bosh konsulxona diplomatlari tomonidan uzoq vaqt davomida olib borilgan muzokaralar, Rossiyaning vakolatli davlat idoralari bilan yaqin hamkorlik hamda zarur konsullik-huquqiy tadbirlarni amalga oshirish natijasida amalga oshirildi.
Xususan, voyaga yetmagan bolalarning O‘zbekiston fuqarosi ekani, yurtimizda yaqin qarindoshlari bor-yo‘qligi hamda ularning sharoitlari o‘rganildi. Shu bilan birga, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqa zarur tashkiliy masalalar hal etildi. Bolalarni Rossiyadan O‘zbekistonga olib kelish uchun vakolatli idoralarga zarur hujjatlar taqdim etildi.
Amalga oshirilgan zarur chora-tadbirlar natijasida Mordoviya Respublikasidagi jazoni ijro etish muassasasidagi bolalar uyida tarbiyalanayotgan voyaga yetmaganlar Bosh konsulxona diplomatlari hamda yurtimizdan maxsus safarbar etilgan Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamrohligida eson-omon qabul qilib olindi.
Bosh konsulxona tomonidan Rossiyadagi jazoni ijro etish muassasalarida joylashgan bolalar uylaridan o‘zbekistonlik yosh bolalarni repatriatsiya qilish tadbirlari tizimli ravishda o‘tkazilib, yosh fuqarolarimiz Vatanimizga qaytarilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


