Janubiy Koreya OAVlari O‘zbekiston bilan sheriklik istiqbollarini yuqori baholamoqda

Sentabr 13, 2026. 13:00 • 2 daq

43
Janubiy Koreya OAVlari O‘zbekiston bilan sheriklik istiqbollarini yuqori baholamoqda

SEUL, 13-sentabr. /“Dunyo” AA/.Diplomacy Journal” va “UN Journal” jurnallari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga boshlangan davlat tashrifini keng yoritib, o‘zaro mintaqaviy hamkorlikning rivojlanishi haqida turkum maqolalar eʼlon qilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Janubiy Koreya nashrlarining maʼlum qilishicha, o‘ttiz yildan ortiq vaqt mobaynida ikki mamlakat munosabatlari sanoat, sarmoya, taʼlim, sog‘liqni saqlash va raqamlashtirish sohalarini qamrab oluvchi alohida strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan.

Seulda bo‘lib o‘tadigan Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyoning besh mamlakati birinchi sammitiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Uning asosiy yo‘nalishlari sifatida muhim minerallar, transport, energetika, sunʼiy intellekt, raqamlashtirish va mutaxassislarni tayyorlash belgilangan.

Maqolalarda Koreyaning O‘zbekistonga sarmoyalarini yanada kengaytirish, jumladan, sanoat klasterlarini rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, xomashyoni qayta ishlash va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish salohiyati mavjudligi taʼkidlangan.

OAVda qayd etilishicha, yangi mintaqaviy format O‘zbekiston va Janubiy Koreya hamkorligini yana-da keng miqyosga olib chiqishi hamda Markaziy Osiyo korxonalarining xalqaro ishlab chiqarish zanjirlariga integratsiyalashuviga yordam berishi mumkin.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish