O‘zbekiston va Serbiya sport sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda
Oktabr 20, 2026. 10:30 • 59 soniya
• 16
BЕLGRAD, 20-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston va Serbiya vakillari basketbol va voleybol sport turlarini rivojlantirish, shu jumladan, sportchilar hamda murabbiy kadrlarini tayyorlash masalalari bo‘yicha onlayn-muzokara o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muzokaralarda O‘zbekiston sport vazirining o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov, Serbiya sport vaziri Zoran Gaich, ikki mamlakat basketbol va voleybol federatsiyalari vakillari, shuningdek, qarorgohi Budapesht shahrida bo‘lgan O‘zbekistonning Serbiyadagi elchisi Oybek Shaxavdinov ishtirok etdi.
Tomonlar kasbiy tajriba almashish hamda sportchilar va murabbiylarni tayyorlashni takomillashtirish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Serbiya tomoni har ikki sport turini rivojlantirishga ko‘maklashish uchun O‘zbekistonga mutaxassislarni yuborishga tayyorligini bildirdi.
Erishilgan kelishuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi sport sohasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda O‘zbekiston terma jamoalari va murabbiy kadrlarining kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi