O‘zbekiston va Vengriya qo‘shma taʼlim sohasidagi tashabbuslarni ishga tushirish masalalarini muhokama qilmoqda
Fevral 09, 2026. 16:06 • 34 soniya
• 49BUDAPESHT, 9-fevral. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchisi Oybek Shaxavdinov Jon fon Neyman universiteti rektori Tamash Fyulyop bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuv davomida oliy taʼlim, ilm-fan va yuqori malakali kadrlar tayyorlash sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.
Tomonlar akademik hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma taʼlim tashabbuslarini amalga oshirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratdi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Vengriya oliy taʼlim muassasalari o‘rtasidagi sheriklik rishtalarini mustahkamlash hamda ikki mamlakat taʼlim tizimi ustuvorliklariga javob beradigan hamkorlikning yangi shakllarini ishlab chiqishdan har ikki tomon manfaatdor ekani taʼkidlandi.
Tomonlarerishilgankelishuvlarniamaliyhayotgatatbiqetishmaqsadidabelgilanganyo‘nalishlarbo‘yichadoimiymuloqotvao‘zaro
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi


