Logo

O‘zbekiston–Isroil o‘rtasida zargarlik sonoatida yangi loyihalar amalga oshiriladi

Mart 01, 2026. 12:36 • 1 daq

18
O‘zbekiston–Isroil o‘rtasida zargarlik sonoatida yangi loyihalar amalga oshiriladi

TEL-AVIV, 1-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasida Isroil zargarlar uyushmasi direktori Gadi Gertel bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muhbiri.

Tomonlar zargarlik sanoati va qimmatbaho metallar sohasida uzoq muddatli strategik sheriklikni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini muhokama qildi. O‘zbekistonning xomashyo salohiyatini Isroilning texnologik va taʼlim imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Gadi Gertel O‘zbekistonda zargarlik sanoatidagi o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatib borayotganini taʼkidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, amalga oshirilayotgan islohotlar yuqori qo‘shilgan qiymatga ega zamonaviy zargarlik sanoatini shakllantirish uchun qulay sharoit yaratmoqda.

Toshkent shahrida Isroil taʼlim modeli asosida ilg‘or tajribalar markazini tashkil etish, mutaxassislar almashish va Isroil zargarlari delegatsiyasining O‘zbekistondagi xalqaro ko‘rgazmaga tashrifini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar zargarlik sohasidagi hamkorlikni yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qodir bo‘lgan barqaror sheriklikni shakllantirishdan o‘zaro manfaatdor ekanini taʼkidladi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish