Logo

O‘zbekiston va Vengriya diniy taʼlim sohasida akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

Fevral 27, 2026. 17:00 • 45 soniya

227
O‘zbekiston va Vengriya diniy taʼlim sohasida akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

BUDAPESHT, 28-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston diplomatlari Vengriya Lyuteran ilohiyot universiteti rektori, Vengriya rektorlari konferensiyasi aʼzosi Andrash Korani bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqotning asosiy mavzusi joriy yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan III O‘zbekiston-Vengriya rektorlar forumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda diniy taʼlim sohasida akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘ldi.

Uchrashuv davomida Andrash Korani O‘zbekistondagi diniy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish, jumladan, talabalar almashinuvi va qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishga katta qiziqish bildirdi. Suhbat chog‘ida O‘zbekistondagi dinlararo totuvlik tarixi, mamlakatimizning diniy bag‘rikenglikni targ‘ib qilishdagi roli hamda boy madaniy-ilmiy merosining ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Tomonlar forum doirasida Vengriya delegatsiyasining O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrifini tashkil etish va mamlakatimizdagi yetakchi diniy taʼlim muassasalari rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Ushbu aloqalar ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar muloqotni yangi mazmun bilan boyitishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish