Logo

Sport ta’limi yo‘nalishida O‘zbekiston va Vengriya hamkorligi rivojlantiriladi

Fevral 26, 2026. 09:00 • 54 soniya

460
Sport ta’limi yo‘nalishida O‘zbekiston va Vengriya hamkorligi rivojlantiriladi

BUDAPESHT, 4-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Vengriya sport universiteti rahbariyati bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Universitet rektori, professor Tamasha Shterbensa 5-mart kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston–Vengriya rektorlar forumining uchinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun yurtimizga tashrif buyurishini bildirdi.

Uchrashuvda Vengriya tomoni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda boshqa tegishli sport idoralari bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirdi.

Sport murabbiylari va industriyasi menejerlarini tayyorlash, jismoniy tarbiya fani yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar olib borish bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar sport kadrlarini tayyorlash, akademik almashinuvlar va qo‘shma ilmiy-ma’rifiy tashabbuslarni amalga oshirish sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish