O‘zbekiston va Yaponiya AKT hamda sun’iy intellekt sohalaridagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Noyabr 23, 2026. 12:00 • 2 daq

• 23
O‘zbekiston va Yaponiya AKT hamda sun’iy intellekt sohalaridagi hamkorlikni kengaytirmoqda
O‘zbekiston va Yaponiya AKT hamda sun’iy intellekt sohalaridagi hamkorlikni kengaytirmoqda
O‘zbekiston va Yaponiya AKT hamda sun’iy intellekt sohalaridagi hamkorlikni kengaytirmoqda
O‘zbekiston va Yaponiya AKT hamda sun’iy intellekt sohalaridagi hamkorlikni kengaytirmoqda

TOKIO, 23-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Akixiro Sakurayning Yaponiyaga tashrifi yakunlandi, uning davomida mamlakat hukumati va xususiy biznes vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Yaponiya Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligida AKT va sun’iy intellekt sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha keyingi qadamlar muhokama qilindi, shuningdek, 2027-yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlikni institutsionallashtirish mexanizmi kelishib olindi.

Yaponiyaning sun’iy intellekt sohasidagi yetakchi ilmiy-tadqiqot va ta’lim markazlaridan biri — Tokio universiteti huzuridagi Matsuo-Ivasava laboratoriyasi (Matsuo-Iwasawa Laboratory) bilan o‘zbekistonlik talabalarni onlayn tarzda sun’iy intellektni rivojlantirish tamoyillariga va SI-marketing orqali startaplarni yo‘lga qo‘yishga o‘qitish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Yaponiya tomoni 2026-yildan boshlab onlayn o‘quv dasturiga O‘zbekistondan 80 ga yaqin talaba ro‘yxatdan o‘tganini qayd etib, tinglovchilar sonini yanada oshirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Shuningdek, Yaponiyaning “Mitsui & Co.”, “Highreso”, “Value Soft Next Inc.”, “Tokyo Asset Solution” va “WIT Inc.” kompaniyalari bilan O‘zbekistonda AKT sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish hamda respublikada IT-xizmatlarni birgalikda ishlab chiqish uchun yapon IT-kompaniyalarini “IT Park Uzbekistan” rezidentligiga jalb etish yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi raqamli texnologiyalar, AKT, sun’iy intellekt va raqamli transformatsiyaga bag‘ishlangan “ResorTech Expo” xalqaro ko‘rgazmasi hamda yapon va xorijiy IT-kompaniyalar o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan “Japan Information Technology Exchange Expo” tadbirida ishtirok etdi. Ushbu anjumanlarda mamlakatimizning o‘sib borayotgan texnologik va investitsiyaviy salohiyati, milliy IT-sanoat rivojlanish dinamikasi, eksport imkoniyatlari hamda xorijiy texnologik kompaniyalar faoliyati uchun yaratilgan qulay ekotizim taqdimoti o‘tkazildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish