O‘zbekiston va Vengriya oliy ta’lim va ilmiy innovatsiyalar sohasidagi sheriklikni mustahkamlamoqda
Noyabr 23, 2026. 11:30 • 1 daq
• 25
BUDAPЕSHT, 23-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriyaning Obuda universiteti rektori Levente Kovach bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuv davomida oliy ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar va yuqori malakali kadrlar tayyorlash sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Muzokaralarda Jizzax shahrida Ilmiy-innovatsion texnoparkni tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish, shuningdek, Obuda universitetining O‘zbekistondagi ta’lim, ilmiy-tadqiqot va innovatsion tashabbuslardagi ishtirokini kengaytirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, universitetlararo aloqalarni mustahkamlash, akademik almashinuvlarni kengaytirish hamda qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni ilgari surishning muhim maydoni sifatida O‘zbekiston – Vengriya rektorlar forumini yanada rivojlantirish istiqbollari alohida ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar akademik va innovatsion sheriklikni yanada mustahkamlash, qo‘shma tashabbuslarni hayotga tatbiq etish hamda o‘zaro amaliy hamkorlikni kengaytirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi