Xitoyning Xunan provinsiyasida O‘zbekistonning iqtisodiy imkoniyatlari namoyish etildi

Oktabr 22, 2026. 11:00 • 50 soniya

• 147
Xitoyning Xunan provinsiyasida O‘zbekistonning iqtisodiy imkoniyatlari namoyish etildi
Xitoyning Xunan provinsiyasida O‘zbekistonning iqtisodiy imkoniyatlari namoyish etildi
Xitoyning Xunan provinsiyasida O‘zbekistonning iqtisodiy imkoniyatlari namoyish etildi

CHANSHA, 22-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Xitoyning Chansha shahrida “Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqalararo savdo-iqtisodiy hamkorligi” forumi doirasida yurtimiz savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm salohiyati taqdimotini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda Xunan provinsiyasida faoliyat yurituvchi 100 nafardan ortiq kompaniya vakillari ishtirok etdi. Diplomatlar O‘zbekiston hududlari va drayver tarmoqlari imkoniyati, qulay ishbilarmonlik muhiti, xorijiy investorlar ishtirokida amalga oshirilishi taklif etilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berdi.

Forum doirasida mahalliy kompaniyalar bilan o‘tkazilgan muzokaralarda “yashil” energetika, qurilish, tog‘-kon sanoati va AKT kabi sohalarda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish istiqbollari muhokama qilindi. 

Tomonlar O‘zbekistonga biznes missiyalarini o‘tkazishga ham kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish