O‘zbekiston Rigada o‘tkazilgan xayriya yarmarkasida milliy mahsulotlarini namoyish etdi

Noyabr 24, 2026. 12:30 • 2 daq

• 52
O‘zbekiston Rigada o‘tkazilgan xayriya yarmarkasida milliy mahsulotlarini namoyish etdi
O‘zbekiston Rigada o‘tkazilgan xayriya yarmarkasida milliy mahsulotlarini namoyish etdi
O‘zbekiston Rigada o‘tkazilgan xayriya yarmarkasida milliy mahsulotlarini namoyish etdi
O‘zbekiston Rigada o‘tkazilgan xayriya yarmarkasida milliy mahsulotlarini namoyish etdi

RIGA, 24-noyabr. /“Dunyo” AA/. Latviya poytaxtidagi an’anaviy xayriya ko‘rgazma-yarmarkasida O‘zbekiston elchixonasi mamlakatimizning boy madaniy merosi, an’analari va zamonaviy taraqqiyoti haqida hikoya qiluvchi milliy stendni taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda 27 dan ortiq davlat vakillari, Rigada akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus, nohukumat, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar, shuningdek, ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etdi.

Har yili o‘tkaziladigan mazkur yarmarka xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash va gumanitar tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maydoni bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbekiston stendida mehmonlarga mamlakatimizning sayyohlik salohiyati — tarixiy va madaniy obidalar, betakror tabiat manzaralari hamda sayyohlar uchun yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tashrif buyuruvchilarda qadimiy an’analarga asoslangan milliy amaliy san’at namunalari, qo‘l mehnati bilan yaratilgan milliy liboslar va aksessuarlar alohida qiziqish uyg‘otdi. Bundan tashqari, yuqori sifatli o‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari ham namoyish etildi.

Stendga xorijiy davlatlar elchilari va diplomatlari, Latviya hamda xalqaro tashkilotlar, biznes doiralari vakillari va ko‘plab mehmonlar katta qiziqish bildirdilar. Ular o‘zbek madaniyatining o‘ziga xosligi, hunarmandlarimiz ijod namunalari va yurtimizning sayyohlik salohiyatiga yuqori baho berdilar.

Tadbir doirasida O‘zbekistonning turistik imkoniyatlari taqdimoti ham o‘tkazilib, ishtirokchilarga “Uzbekistan – Crossroads of Civilization” hamda “Samarqand — Yangi O‘zbekistonning sayyohlik darvozasi” nomli promo-roliklar namoyish qilindi. Mehmonlar dunyoga mashhur obidalar, qadimiy shaharlar go‘zalligi, xalqimizning boy madaniyati va urf-odatlarini katta qiziqish bilan qarshi oldilar.

Yarmarkada Latviyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz ham faol ishtirok etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish