Namangandagi texnikumga Rigadan tikuv mashinalari yuborildi
Noyabr 23, 2026. 08:10 • 47 soniya
• 131
RIGA, 23-noyabr. /“Dunyo” AA/. Elchixonaga biriktirilgan hududlardagi ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash hamda xorijda istiqomat qilayotgan vatandosh tadbirkorlarning homiylik ko‘magini jalb etish doirasida Namangan viloyatidagi 4-sonli texnikumga beg‘araz yordam sifatida tikuv mashinalari yuborildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur tashabbus mamlakatimizning Latviyadagi elchixonasi ko‘magi hamda O‘zbekiston–Latviya savdo uyi va “Moel Bosh” moda uyi homiyligida amalga oshirildi.
Ushbu yordam texnikumning o‘quv-moddiy bazasini mustahkamlash, o‘quvchilarning kasbiy mahorati va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, ularning tanlangan mutaxassislik bo‘yicha puxta bilim olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi