Guanchjoudagi xalqaro ko‘rgazmada o‘zbek milliy mahsulotlari namoyish qilindi

Avgust 27, 2026. 15:00 • 57 soniya

33
Guanchjoudagi xalqaro ko‘rgazmada o‘zbek milliy mahsulotlari namoyish qilindi
Guanchjoudagi xalqaro ko‘rgazmada o‘zbek milliy mahsulotlari namoyish qilindi
Guanchjoudagi xalqaro ko‘rgazmada o‘zbek milliy mahsulotlari namoyish qilindi

GUANCHJOU, 27-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari “34th Guangzhou Fair” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xitoyning yirik ko‘rgazma majmualaridan biri — “Canton Fair Complex”da o‘tkazilgan tadbirda 3 mingdan ziyod ishtirokchi, jumladan, mahalliy va xorijiy kompaniyalar o‘z mahsulotlarini namoyish qildi.

O‘zbekiston milliy stendida xalqimizning boy madaniy merosini aks ettiruvchi kulolchilik, kashtachilik, zardo‘zlik, yog‘och o‘ymakorligi va charm mahsulotlari hamda to‘qimachilik mahsulotlari taqdim etilib, tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir davomida mehmonlar yurtimizning eksport salohiyati, milliy hunarmandchiligi, anʼanalari va turistik imkoniyatlari bilan tanishdi.

Anjuman yakunida Xitoyning qator kompaniyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish