O‘zbekiston sayyohlik salohiyati Malayziyadagi nufuzli ko‘rgazmada namoyish qilindi

Sentabr 08, 2026. 15:00 • 2 daq

37

KUALA-LUMPUR, 8-sentabr. /“Dunyo” AA/. Malayziyada bo‘lib o‘tgan “MATTA Fair” yirik sayyohlik ko‘rgazmasida O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi tomonidan milliy pavilyon tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Malayziya xalqaro savdo va ko‘rgazmalar markazida namoyish etilgan milliy pavilyon mamlakatimizning Kuala-Lumpur shahridagi elchixonasi ko‘magida amalga oshirildi.

Ko‘rgazmada O‘zbekistonning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilariga respublikada turizm sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ziyorat turizmini jadal rivojlantirish va ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi.

So‘nggi yillarda viza rejimi soddalashtirilishi natijasida 90 dan ortiq xorijiy davlatlar, jumladan, Malayziya fuqarolari uchun ham mamlakatga vizasiz kirish tartibi amal qilayotgani alohida taʼkidlandi.

Sayyohlar Buxoro, Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahrining tarixiy va zamonaviy sayyohlik markazlari, boy madaniyati, betakror arxitekturasi va sanʼati, milliy anʼanalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.

Milliy pavilyonda Turizm qo‘mitasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi vakillari hamda respublikaning qator turkompaniyalari tomonidan ziyorat turizmi, tarixiy-madaniy turizm, gastronomik turizm, Umra+, qishki turizm kabi sayyohlik dasturlari “B2B” va “B2C” formatlarida keng targ‘ib qilindi.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi vakillari mamlakatimizga sayohat qiluvchilar uchun yaratilgan qulayliklar, jumladan, Toshkent va Kuala-Lumpur shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar mavjudligi haqida axborot berdi.

Tadbir davomida ikki mamlakat turoperatorlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorligi doirasida respublikaga sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish