Belgrad shahrida O‘zbekiston Prezidentining tashrifi sharafiga rasmiy qabul marosimi bo‘lib o‘tdi
Sentabr 08, 2026. 00:35 • 58 soniya
• 4
TOSHKENT, 7-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga bugun Belgrad shahrida davlatimiz rahbarining Serbiyaga tashrifi munosabati bilan tashkil etilgan rasmiy qabul marosimida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, oliy martabali mehmonlarni Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich, Birinchi xonimi Tamara Vuchich, Xalq majlisi Raisi Ana Brnabich, Bosh vazir Juro Matsut va boshqa rasmiy shaxslar qutladilar.
Tadbirda O‘zbekiston Prezidentining Serbiyaga ilk rasmiy tashrifining tarixiy ahamiyati, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da kengaytirish va mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar ochayotgani alohida taʼkidlandi.
O‘zbekiston va Serbiya xalqlari o‘rtasidagi aloqalar anʼanaviy do‘stona ruhda rivojlanayotganiga alohida eʼtibor qaratildi.
O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi sharafiga “Kula Belgrad” osmono‘par binosi O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i ranglarida yoritildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi