O‘zbekiston va Xitoy tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum o‘tkazildi

Avgust 17, 2026. 20:00 • 3 daq

28
O‘zbekiston va Xitoy tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum o‘tkazildi
O‘zbekiston va Xitoy tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum o‘tkazildi
O‘zbekiston va Xitoy tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum o‘tkazildi
O‘zbekiston va Xitoy tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum o‘tkazildi
O‘zbekiston va Xitoy tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum o‘tkazildi
O‘zbekiston va Xitoy tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum o‘tkazildi
O‘zbekiston va Xitoy tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum o‘tkazildi
O‘zbekiston va Xitoy tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum o‘tkazildi

PEKIN, 17-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasida Xitoy bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan biznes-forum bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir Xorijda korxonalarni rivojlantirish bo‘yicha Xitoy assotsiatsiyasi (CODA) bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Unda raqamli iqtisodiyot, yengil sanoat, farmatsevtika, to‘qimachilik, tog‘-kon sanoati, energetika, xalqaro savdo, moliya, ekologiya va logistika sohalarida faoliyat yuritayotgan Xitoy kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Forumda O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, investitsiyaviy muhiti, xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, erkin iqtisodiy va sanoat zonalari imkoniyatlari, shuningdek, mamlakatning turistik salohiyati haqida maʼlumot berildi.

Xorazm va Sirdaryo viloyatlarining investitsiyaviy imkoniyatlari, istiqbolli loyihalar hamda xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan sharoitlarga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi.

CODA raisi Xe Chjenvey Xitoy kompaniyalarini O‘zbekistonda yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladigan loyihalarni amalga oshirishga chaqirdi.

Forum davomida G2B va B2B formatlarida muzokaralar o‘tkazilib, qator yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish hamda Xitoy ishbilarmon doiralari vakillarining O‘zbekiston hududlariga biznes-missiyalarini tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.

Szyan Yun, Xitoyning Xorijdagi korxonalar uyushmasi bosh kotibi:

– O‘zbekiston–Xitoy o‘rtasidagi savdo va investitsiyalarga bag‘ishlab tashkil etilgan tadbirda ishtirok etganimdan xursandman.

Shubhasiz, ushbu forum xitoy kompaniyalari uchun qiziqarli bo‘ldi va ular mamlakatingizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot oldi.

Sirdaryo va Xorazm viloyatlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan taqdimotlar orqali biz mazkur hududlardagi erkin va sanoat zonalari haqida bilib oldik. Yurtingizda xitoylik tadbirkorlar uchun ko‘plab qulaylik va imkoniyatlar yaratilgan. Biz bu imkoniyatlardan samarali foydalanishimiz zarur.

Biz tadbir davomida uyushmamiz aʼzolarining O‘zbekistondagi investitsiyaviy muhit bilan bevosita tanishishi uchun biznes-missiyalarni tashkil etishga kelishib oldik. Bugungi tadbir ikki tomon uchun ham birdek manfaatli bo‘ldi.

Erik Yan, Xitoyning “Carbon Energy Technology” kompaniyasi menejeri:

– Bugungi biznes-forum biz uchun juda muhim bo‘ldi. Sababi, bu yerda davlatingiz tomonidan biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdik. O‘zbekistonda iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholaymiz.

Hozirda ko‘plab xitoylik tadbirkorlar O‘zbekistonga investitsiya kiritishni istaydi. Chunki yurtingizda xorijiy investorlar uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

Bunday tadbirlarning doimiy o‘tkazilishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bizning kompaniya, asosan, suv elektrolizi orqali vodorod ishlab chiqarish, karbonat angidrid elektrolizi va redoks oqim batareyalari yordamida energiya saqlash yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi.

Kompaniyamiz O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va Xitoyning zamonaviy texnologiyalarini mamlakatingiz rivoji uchun qo‘llashga doimo tayyor.

Gao Veychjon, “Shanghai SUS Environment” kompaniyasi vakili:

– Kompaniyamiz O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlash orqali energiya olish bo‘yicha investitsiyaviy loyihani amalga oshirmoqda.

Ushbu loyiha doirasida obyektlarni yil yakuniga qadar qurib bitkazish va to‘liq ishga tushirishni rejalashtirganmiz.

O‘zbekiston tomonidan loyihaga qaratilayotgan eʼtibor va qo‘llab-quvvatlov uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Bugungi biznes-forum mamlakatingizda amalga oshirilayotgan yangi biznes loyihalari haqida maʼlumot olish imkonini berdi. O‘zbekiston xitoylik tadbirkorlar uchun eshiklarni keng ochmoqda. O‘ylaymanki, bizning hamkorligimiz uzoq yillar davom etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish