O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlari ilk bor Suriyaga eksport qilindi
Avgust 17, 2026. 19:30 • 2 daq
• 22HALAB, 17-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston va Suriya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va mahsulotlarni yangi bozorlarga olib chiqish bo‘yicha turli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Xususan, yurtimizdan Halab shahriga mahalliy elektrotexnika vositalarini eksport qilish bo‘yicha hamkorlik kelishuvlari mavjud. Mazkur sheriklik aloqalarini rivojlantirish maqsadida joriy yilning iyun oyida elchixona tomonidan Suriyaning “Kalash Trading” kompaniyasi rahbari Ahmad Kalashning Toshkent shahriga tashrifi tashkil etildi.
O‘tkazilgan muzokaralarda Toshkent viloyatidagi “Premier Electrotech” qo‘shma korxonasi va Suriya kompaniyasi o‘rtasida umumiy qiymati 5 million AQSH dollariga teng bo‘lgan eksport shartnomasi imzolandi.
Ikki tomonlama kelishuv doirasida iyul oyida “Premier” brendi ostida ishlab chiqarilgan konditsioner, muzlatgich va kir yuvish mashinalaridan iborat ilk partiya yuk avtomobillarida Suriyaning Halab shahriga muvaffaqiyatli yetkazib berildi.
Eʼtiborlisi, ushbu eksport yuklari Turkmaniston, Eron, Ozarbayjon va Turkiya hududlari orqali o‘tuvchi muqobil tranzit koridori bo‘ylab 20 kun muddatda o‘z manziliga yetib bordi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



