O‘zbekistonning tashqi siyosati xorijlik yosh diplomatlar nigohida

Sentabr 26, 2026. 10:30 • 2 daq

• 161
O‘zbekistonning tashqi siyosati xorijlik yosh diplomatlar nigohida

LONDON,-26-sentyabr. /»Dunyo» AA/. Mamlakatimizning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida O‘zbekistonning tashqi siyosati va xalqaro hamkorlikni kengaytirish istiqbollariga bag‘ishlangan yosh diplomatlar forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» muxbiri.

Ushbu tadbir «Global Diplomatic Forum» (GDF) tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov, GDF rahbari Yunus al-G‘oziy, xalqaro munosabatlar yo‘nalishida tahsil olayotgan xorijlik talabalar va yosh mutaxassislar ishtirok etdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi rolini faollashtirish, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash, yangi savdo va investitsiya imkoniyatlarini yaratish yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy salohiyati, eksportni kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va respublikaning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuviga alohida e’tibor qaratildi.

Ishtirokchilarga O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari, mintaqaviy va global hamkorlikning zamonaviy tendensiyalari haqida ma’lumot berildi.

Londonda joylashgan «Global Diplomatic Forum» tashkiloti diplomatik etika, protokol va xalqaro munosabatlar bo‘yicha turli tadbir va maxsus kurslar o‘tkazish bilan shug‘ullanadi. Bugungi kunga qadar GDF ta’lim dasturlarini dunyoning 75 davlatidan uch mingdan ortiq tinglovchi tamomlagan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish