O‘zbekiston ilk bor Sibirdagi yirik xalqaro gastroturizm festivalida ishtirok etdi

Iyul 14, 2026. 09:00 • 2 daq

34
O‘zbekiston ilk bor Sibirdagi yirik xalqaro gastroturizm festivalida ishtirok etdi
O‘zbekiston ilk bor Sibirdagi yirik xalqaro gastroturizm festivalida ishtirok etdi
O‘zbekiston ilk bor Sibirdagi yirik xalqaro gastroturizm festivalida ishtirok etdi

NOVOSIBIRSK, 14-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Rossiyaning Sibir mintaqasidagi eng yirik xalqaro gastronomik va turistik tadbirlardan biri hisoblangan “V Sibiri — yest!” festivalida ilk bor ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Har yili Novosibirsk shahrida o‘tkaziladigan mazkur festival yuzlab turizm sohasi vakillari, milliy mahsulotlar ishlab chiqaruvchilari hamda Sibirning turli hududlaridan minglab mehmonlarni bir maydonga jamlaydi.

Joriy yilgi festivalda O‘zbekiston xorijiy davlatlar orasida yagona ishtirokchi sifatida o‘zining boy madaniy merosi, milliy sanʼati, anʼana va urf-odatlari, shuningdek, o‘zbek milliy taomlarini keng namoyish etdi.

Tadbir doirasida milliy uslubda bezatilgan O‘zbekiston pavilyonida mamlakatimizning ko‘p asrlik tarixi, boy madaniy merosi, turizm salohiyati va zamonaviy sayyohlik yo‘nalishlarini aks ettiruvchi ko‘rgazma tashkil etildi.

Ishtirokchilarga O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati, yurtimiz bo‘ylab ommabop turistik yo‘nalishlar, milliy oshxona, hunarmandchilik anʼanalari hamda boy madaniy merosi haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, ularga turizm imkoniyatlarini targ‘ib etuvchi axborot-taqdimot materiallari tarqatildi.

Mazkur festivalda O‘zbekistonning ishtirok etishi mamlakatimiz turistik salohiyatini Sibir mintaqasida keng targ‘ib qilish, xorijiy sayyohlar orasida yurtimizga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish