Yaponiyadagi festivalda o‘zbek madaniyati va milliy hunarmandchiligi namoyish etildi
Noyabr 09, 2026. 18:00 • 58 soniya
• 49MAYDZURU, 9-noyabr. /“Dunyo” AA/. Yaponiyaning Maydzuru shahrida o‘tkazilgan “XXI Maite Festa” festivali doirasida O‘zbekistonning milliy madaniyati va hunarmandchilik an’analari taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Festival doirasida maxsus tematik maydon tashkil etildi. U yerda yapon mehmonlari O‘zbekistonning milliy qadriyatlari, an’analari va amaliy san’at namunalari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Milliy kostyumlarni kiyib ko‘rish, esdalik uchun suratga tushish hamda an’anaviy hunarmandchilik bo‘yicha mahorat darslarida qatnashish ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Xususan, mehmonlar do‘ppi tikishning o‘ziga xos xususiyatlari, an’anaviy naqshlar va bezak elementlari bilan tanishib, milliy bosh kiyimni mustaqil ravishda yaratdilar.
Mazkur madaniy taqdimot yapon jamoatchiligiga O‘zbekistonning tarixi, urf-odatlari va badiiy an’analari bilan yaqinroq tanishish imkonini berdi, shuningdek, mamlakatimizning boy madaniy merosini keng targ‘ib qilishga xizmat qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



