O‘zbek teatr san’ati Turkmanistondagi xalqaro festivalda namoyish etildi

Noyabr 09, 2026. 11:00 • 56 soniya

• 141
O‘zbek teatr san’ati Turkmanistondagi xalqaro festivalda namoyish etildi
O‘zbek teatr san’ati Turkmanistondagi xalqaro festivalda namoyish etildi

ASHXOBOD, 9-noyabr. /“Dunyo” AA/. Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan “Baxtiyorlik davrining teatr san’ati” V xalqaro festivalida O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Qator xorijiy davlatlar teatr jamoalarini birlashtirgan xalqaro madaniy forum doirasida Buxoro davlat musiqali drama teatri tomonidan Sulton Rayevning “Malikaning ko‘z yoshlari” dramasi taqdim etildi.

Namoyish Maxtumquli nomidagi Turkmaniston Milliy musiqali drama teatri sahnasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu sahna asari festival ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Sahnalashtirilgan asar o‘zbek san’atkorlarining yuqori ijrochilik mahorati, milliy teatr maktabining o‘ziga xosligi va O‘zbekiston madaniy merosini namoyon qildi.

O‘zbekiston delegatsiyasining festivaldagi ishtiroki ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash, ijodiy hamkorlikni kengaytirish va teatr san’ati vakillari o‘rtasida tajriba almashishni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish