O‘monda O‘zbekistonning madaniy merosi va turizm salohiyati namoyish etildi

Oktabr 10, 2026. 16:00 • 2 daq

• 106
O‘monda O‘zbekistonning madaniy merosi va turizm salohiyati namoyish etildi
O‘monda O‘zbekistonning madaniy merosi va turizm salohiyati namoyish etildi
O‘monda O‘zbekistonning madaniy merosi va turizm salohiyati namoyish etildi
O‘monda O‘zbekistonning madaniy merosi va turizm salohiyati namoyish etildi

TOSHKЕNT, 10-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘monning Ad-Dahiliya viloyati Manah shahridagi Sulton Qobus arab tilini o‘qitish institutida ikki oylik arab tili kursida tahsil olish uchun kelgan chet ellik talabalar uchun madaniy tadbir tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur uchrashuvda yurtimizdan borgan talabalar ham ishtirok etdi. Tadbirda mamlakatimizning O‘mondagi elchixonasi diplomatlari o‘zbekistonlik talabalar bilan birgalikda O‘zbekistonning turizm salohiyati va tarixiy obidalari haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir doirasida ko‘rgazma tashkil etilib, unda O‘zbekistonning hunarmandchilik mahsulotlari, milliy liboslari va taomlari namoyish etildi. Mamlakatning turistik salohiyati keng targ‘ib qilinib, mehmonlarga sayyohlik qo‘llanmalari tarqatildi.

Uchrashuvda Manah shahri Tarixiy-madaniy markazi direktori Xalfan al-Azriy hamda Sulton Qobus arab tilini o‘qitish instituti rahbari Usmon as-Sa’diy so‘zga chiqib, mamlakatlar o‘rtasida amalga oshirilayotgan hamkorlik loyihalari haqida fikr bildirdi.

Misr, Hindiston, Fransiya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Qozog‘iston, Polsha, Rossiya, Belarus va Ukraina talabalari tomonidan namoyish etilgan madaniyat, milliy urf-odatlar, an’analar va milliy taomlar ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir madaniyatlararo almashinuvni rivojlantirish, O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilish hamda ikki davlat o‘rtasidagi gumanitar va ta’lim aloqalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish