Yaponiyaning Nagoya shahri meriyasi o‘zbekistonlik sportchilarga bag‘ishlangan videomaterial e’lon qildi

Oktabr 10, 2026. 15:00 • 2 daq

• 10
Yaponiyaning Nagoya shahri meriyasi o‘zbekistonlik sportchilarga bag‘ishlangan videomaterial e’lon qildi

NAGOYA, 10-oktabr. /“Dunyo” AA/. Yaponiyaning Nagoya shahri meriyasi ijtimoiy tarmoqlarda “Aichi–Nagoya-2026” Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarga bag‘ishlangan videomateriallarni e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tasvirga olingan lavhalarning birida O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi a’zolarining Nagoya shahridagi boshlang‘ich maktab o‘quvchilari bilan uchrashuvi aks ettirilgan. Maktab o‘quvchilari sportchilar bilan bevosita muloqot qilib, ularning sportdagi boy tajribasi haqida bilib oldilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar.

Mazkur tashabbus Toshkent va Nagoya shaharlari o‘rtasidagi gumanitar va shaharlararo aloqalarning amaliy ifodasi bo‘lib, ikki tomonlama do‘stlik hamda madaniy almashinuvlar izchil rivojlanib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Eslatib o‘tamiz, ikki shahar o‘rtasidagi hamkorlik 2019-yil 18-dekabrda O‘zbekiston Prezidentining Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida Toshkent va Nagoya o‘rtasida turizm va madaniy almashinuv sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolanishi bilan mustahkamlangan edi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish