Toshkentda ilk bor “Tashkent Content Market” xalqaro mediakontent bozori o‘tkaziladi

Oktabr 10, 2026. 15:30 • 56 soniya

• 4
Toshkentda ilk bor “Tashkent Content Market” xalqaro mediakontent bozori o‘tkaziladi

TOSHKЕNT, 10-oktabr. /“Dunyo” AA/. Toshkent shahrida 2027-yilning 4–5-fevral kunlari O‘zbekistonda ilk bor o‘tkaziladigan “Tashkent Content Market” (TCM) xalqaro mediakontent bozorining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur maydon o‘zbek filmlari, seriallari, animatsiya va raqamli mahsulotlarini xalqaro bozorda targ‘ib qilish, xorijiy hamkorlar bilan aloqalar o‘rnatish hamda yangi medialoyihalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Taqdimot qatnashchilari bo‘lajak tadbir dasturi, ishtirok etish shartlari va ro‘yxatdan o‘tish tartibi bilan yaqindan tanishadilar. 

TCM doirasida xalqaro ko‘rgazma, forum va mavzuli muhokamalar, B2B formatidagi ishbilarmonlik uchrashuvlari, loyihalar taqdimotlari hamda mahorat darslarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Ushbu yirik forum dunyoning 50 dan ortiq davlatidan 3 mingdan ziyod ishtirokchini birlashtirishi kutilmoqda. Mazkur tadbirning asosiy tashkilotchisi OAV uchun kontent tayyorlash markazi hisoblanadi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish