O‘zbekistonlik olimlar Polshada suv tejovchi texnologiyalarni o‘rganmoqdalar
Sentabr 21, 2026. 12:00 • 55 soniya
• 28VARSHAVA, 21-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari Polshaning “Green Crops” kompaniyasida olti oylik amaliyot o‘tamoqdalar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Amaliyot davomida o‘zbekistonlik mutaxassislar suv resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash, tuproq holatini monitoring qilish va suv sarfi kamaytirilgan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish bo‘yicha Polsha tajribasini o‘rganmoqdalar.
Ishtirokchilar, shuningdek, tomchilatib sug‘orish tizimlari, zamonaviy datchiklar, masofaviy monitoring vositalari va qishloq xo‘jaligi dronlaridan foydalanish amaliyoti bilan tanishmoqdalar.
O‘quv yakunlari bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni O‘zbekistonning tabiiy-iqlim va tuproq sharoitlariga moslashtirish, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va qishloq xo‘jaligiga innovatsion yechimlarni yanada keng joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi





