O‘zbekiston TIVda mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi
Sentabr 21, 2026. 11:00 • 55 soniya
• 61
TOSHKЕNT, 21-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakat davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi mazmuni hamda unda ilgari surilgan tashabbuslar va ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda Tashqi ishlar vazirligining markaziy apparati va tizimidagi tashkilotlar xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda davlatimiz rahbari nutqining asosiy qoidalari, xususan, O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan yettita milliy dasturning mazmun-mohiyati va vazifalari atroflicha muhokama qilindi.
Mamlakatning ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosatini izchil davom ettirish, O‘zbekistonning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlash hamda xalqaro maydonda milliy manfaatlarni samarali ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi