Özbek tili – milliy ğurur va ma’naviy boyligimizdir

Oktabr 21, 2026. 19:30 • 58 soniya

• 113
Özbek tili – milliy ğurur va ma’naviy boyligimizdir
Özbek tili – milliy ğurur va ma’naviy boyligimizdir
Özbek tili – milliy ğurur va ma’naviy boyligimizdir
Özbek tili – milliy ğurur va ma’naviy boyligimizdir
Özbek tili – milliy ğurur va ma’naviy boyligimizdir

TOŞKENT, 21-oktabr. /“Dunyo” AA/. 21-oktabr – Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida tantanali ma’naviy-ma’rifiy tadbir bölib ötdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda davlat va jamoat taşkilotlari, vazirlik va idoralar hamda keng jamoatçilik vakillari, jumladan, Özbekiston Taşqi işlar vazirligi xodimlari iştirok etdi.

Marosim davomida buyuk şoir va mutafakkir, özbek adabiy tili va adabiyoti rivojiga beqiyos hissa qöşgan Alişer Navoiy haykali poyiga gulçambarlar qöyildi. Uluğ bobokalonimizning boy adabiy merosi, uning ona tilimiz ravnaqi va milliy ma’naviyatimiz yuksalişidagi örni alohida e’tirof etildi.

Tadbirda özbek tilining milliy özligimiz, tariximiz va madaniyatimizning ajralmas qismi ekani ta’kidlandi. Ona tilimizni asrab-avaylaş, uning boy imkoniyatlaridan samarali foydalaniş va xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada oşiriş muhimligi qayd etildi.

“Dunyo” AA olgan suratlar

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish