Germaniyada O‘zbekiston fortepiano san’ati namoyish etildi
Oktabr 25, 2026. 19:00 • 2 daq
• 49SHVETSINGEN, 25-oktyabr. /“Dunyo” AA/. Germaniyaning Shvetsingen shahrida “Sharq g‘arb bilan uchrashadi| xalqaro loyihasi doirasida O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi professori Sayora G‘afurova boshchiligida yosh pianinochilar uchun mahorat darsi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir O‘zbek tili bayrami kunlari munosabati bilan Shvetsingen shahri meri Mattias Shteffan patronaji ostida hamda O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida tashkil etildi.
2016-yilda Tatyana Vorm-Savosskaya tomonidan asos solingan “Sharq g‘arb bilan uchrashadi” loyihasi Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy almashinuvni rivojlantirish hamda yevropalik tomoshabinlarni ikki mamlakat musiqiy an’analari bilan tanishtirishga qaratilgan.
Mahorat darsida iqtidorli bolalar, yosh musiqachilar va xalqaro tanlovlar g‘oliblari ishtirok etdi. Ular Iogann Sebastyan Bax, Friderik Shopen, Djordj Gershvin va Sergey Prokofevning asarlarini, shuningdek, o‘z mualliflik kompozitsiyalarini ijro etdilar.
Tadbir yakunida eng yaxshi ishtirokchilar O‘zbekiston fortepiano san’ati jamiyati tomonidan mamlakatimizda konsertlar bilan chiqish qilish uchun taklif oladilar. Mazkur tashabbus ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalar va do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




