O‘zbekiston va Adana o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish taklif etildi

Iyul 28, 2026. 14:00 • 2 daq

104
O‘zbekiston va Adana o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish taklif etildi
O‘zbekiston va Adana o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish taklif etildi
O‘zbekiston va Adana o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish taklif etildi

ADANA, 28-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi diplomatlari xizmat safari bilan Adana viloyatida bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Dastlab delegatsiya aʼzolari Adana viloyati gubernatori Mustafo Yavuz bilan muzokaralar olib bordi. Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyaviy sheriklikni faollashtirish hamda hududlararo munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Gubernator Chukurova xalqaro aeroportidan O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlab, bu tashabbus Adana bilan bir qatorda Mersin, Osmaniya va Hatay viloyatlari o‘rtasida biznes, turizm va investitsiya aloqalarini sezilarli darajada faollashtirishini taʼkidladi.

O‘z navbatida, Turkiya tomoni 7–9-avgust kunlari Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tadigan “Qovun sayli” festivali va “Invest in Khorezm” biznes-forumida ishtirok etishga taklif qilindi.

Dastur doirasida Adana sanoat palatasi raisi Zehni Qivanch ishtirokida biznes-forum ham bo‘lib o‘tdi. Tadbirda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, issiqxona xo‘jaligi, to‘qimachilik sanoati, axborot texnologiyalari va boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi 50 ga yaqin turk kompaniyasi vakillari qatnashdi.

Forum ishtirokchilariga O‘zbekistonning eksport salohiyati, investitsiya muhiti va milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar taqdim etildi.

Tomonlar strategik sheriklikka asoslangan O‘zbekiston–Turkiya iqtisodiy munosabatlari izchil rivojlanayotganini qayd etib, hududlar va biznes vakillari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yangi qo‘shma loyihalar uchun mustahkam zamin yaratayotganini taʼkidladi.

Bundan tashqari delegatsiya Turkiyaning yirik sanoat korxonalari – “Kıvanç Tekstil”, “Kıvanç Enerji” va “Kıvanç Kağıt” faoliyati bilan ham tanishdi. Korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlari va zamonaviy texnologiyalar ko‘zdan kechirilib, to‘qimachilik hamda qayta tiklanuvchi energetika sohalarida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va tajriba almashish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Safar so‘nggida Adanada istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Diplomatlar diaspora vakillari bilan birga “Türkistan Korbaşılar Parkı” bog‘iga hamda milliy ozodlik harakati yetakchilaridan biri milliy ozodlik harakati yetakchilaridan biri Shermuhammadbekka bag‘ishlangan yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish