O‘zbekistonning eng yirik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportchilari savdo missiya bilan Buyuk Britaniyaga tashrif buyurdi

Iyul 28, 2026. 12:30 • 2 daq

71

LONDON, 28-iyul. /“Dunyo” AA/. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan 20 dan ortiq yetakchi korxonalar vakillaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga savdo missiyasi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif davomida mahalliy eksportchi korxonalar uchun qator amaliy va samarali uchrashuvlar tashkil etildi. Jumladan, “Whole Foods Market” supermarketlar tarmog‘ida xalqaro riteyl tizimining ishlash mexanizmi, savdo jarayonlari hamda o‘zbek mahsulotlarini mazkur nufuzli tarmoq rastalariga joylashtirish shartlari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

“Robin Food Ltd” distribyutorlik kompaniyasida Buyuk Britaniya bozorida yuqori talabga ega oziq-ovqat mahsulotlari, ularni tarqatish zanjiri, shuningdek, milliy brendlarni xalqaro bozorda ilgari surish omillari muhokama qilindi.

“Skyford Warehousing” logistika markaziga tashrif doirasida mahsulotlarni Yevropa va Britaniya hududiga xavfsiz va tezkor yetkazib berish, zamonaviy omborxona infratuzilmasi hamda logistika zanjirlarini samarali tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Savdo missiyasi yakunlari bo‘yicha qator amaliy natijalarga erishildi. Xususan, istiqbolli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, eksport geografiyasini kengaytirish va o‘zbek qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining Buyuk Britaniya bozoridagi ishtirokini yana-da oshirish bo‘yicha muhim kelishuvlar kuchga kirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish