Aqtobe shahrida O‘zbekiston fuqarolariga konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatildi
Sentabr 28, 2026. 10:00 • 47 soniya
• 65
AKTOBЕ, 28-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari Qozog‘istonning Aqtobe shahrida fuqarolarimiz uchun sayyor qabul o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Sayyor qabul chog‘ida fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqilib, ularga konsullik-huquqiy masalalar bo‘yicha zarur maslahatlar va amaliy yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, vatandoshlarga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xorijda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Bundan tashqari, Aqtobe shahrida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolar V.Ya. va S.K.ga moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi