Ashxobodda O‘zbekiston Prezidenti sovrini g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi

May 17, 2026. 13:00 • 2 daq

17

ASHXOBODDA, 17-may. /“Dunyo” AA/. Kecha Turkmaniston poytaxtidagi “Toshkent” bog‘ida O‘zbekiston Prezidentining bosh sovrinlariga sazovor bo‘lgan xalqaro ot sporti musobaqalari g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, diplomatik korpus aʼzolari, otchilik sohasi mutaxassislari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Marosim davomida Serdar Berdimuhamedovning musobaqa ishtirokchilari va g‘oliblariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.

Qutlov murojaatida Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Sharq marvaridi” xalqaro musobaqalari hamda axaltaka otlari go‘zallik tanlovi o‘zbek–turkman xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamlagan muhim voqea sifatida eʼtirof etildi.

Ashxoboddagi “Toshkent” bog‘i va Toshkent shahridagi “Ashxobod” bog‘ida bir vaqtning o‘zida tashkil etilgan tantanali tadbirlar ikki davlat munosabatlari yangi mazmun bilan boyib borayotganining yorqin ifodasi ekani taʼkidlandi.

Tadbir ishtirokchilari xalqaro musobaqalar O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilayotganini qayd etdi.

Marosim milliy madaniy chiqishlar va konsert dasturi bilan yakunlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish