Belarusda o‘zbek tili bayrami keng nishonlandi
Oktabr 23, 2026. 20:30 • 50 soniya
• 38
GRODNO, 23-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasi tomonidan Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti rahbariyati va o‘zbekistonlik talabalar bilan O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirda ishtirokchilarga o‘zbek tilining tarixi, uning madaniy ahamiyati hamda milliy qadriyatlarni asrab-avaylashdagi o‘rni haqida so‘zlab berildi.
Universitet rahbariyati mazkur tashabbusni yuqori baholab, bunday uchrashuvlarni muntazam ravishda o‘tkazishdan manfaatdor ekanini bildirdi. Bundan tashqari, tomonlar belorus va o‘zbek ta’lim muassasalari o‘rtasidagi akademik hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini ham muhokama qildilar.
Tashrif doirasida elchixona vakillari Grodno shahrida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarning o‘qish va yashash sharoitlari bilan ham yaqindan tanishib, Belarusda ta’lim olayotgan vatandoshlarimizga zarur ko‘mak ko‘rsatish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi