Bishkek shahrida O‘zbekiston–Qirg‘iziston parlamentlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Oktabr 12, 2026. 11:30 • 2 daq

• 97
Bishkek shahrida O‘zbekiston–Qirg‘iziston parlamentlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

BISHKЕK, 12-oktabr. /«Dunyo» AA/. Bishkek shahrida O‘zbekiston Oliy Majlisi va Qirg‘iziston Jogorku Keneshi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo komissiyaning VI yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari, parlamentlararo komissiya hamraisi Sodiq Safoyev boshchiligidagi O‘zbekiston parlament delegatsiyasi hamda Jogorku Kenesh torag‘asining o‘rinbosari, komissiya hamraisi Jildiz Taalaybek qizi boshchiligidagi Qirg‘iziston parlamenti vakillari ishtirok etdi.

Parlamentimiz yuqori palatasi ma’lumotiga ko‘ra, yig‘ilishda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash, strategik sheriklikni rivojlantirish hamda erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, hududlararo va chegaraoldi aloqalarini rivojlantirish, ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Tomonlar kelishuvlarning amaliy ijrosini ta’minlashda parlamentlar rolini kuchaytirish, qonunchilikni takomillashtirish, mavjud huquqiy va ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish hamda parlament nazoratini rivojlantirish borasidagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish