Jizzaxdagi texnikumlarga zamonaviy elektron doskalar tuhfa etildi
Oktabr 12, 2026. 12:30 • 2 daq
• 60
LONDON, 12-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi ko‘magida Buyuk Britaniyada faoliyat yuritayotgan hamkorlar tomonidan Jizzax viloyatidagi qator ta’lim muassasalariga zamonaviy elektron doskalar taqdim etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur grant Buyuk Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, ta’lim sohasidagi xalqaro aloqalarni rivojlantirish, yoshlarning zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarni egallashi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Taqdim etilgan elektron doskalar Jizzax shahridagi 3-sonli texnikum, Jamoat salomatligi texnikumi hamda Forish tumanidagi texnikumga o‘quv va kasb-hunar o‘rganish jarayonlarida foydalanish uchun tuhfa etildi.
Zamonaviy elektron doskalardan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish, multimedia materiallaridan foydalanish, taqdimotlar o‘tkazish hamda o‘quv jarayonini interaktiv shaklda olib borishda keng foydalanish ko‘zda tutilgan.
Bu sa’y-harakatlar ta’lim oluvchilarning darslarga qiziqishini oshirish, axborotni qabul qilish va o‘zlashtirish jarayonini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
Kasbiy ta’lim muassasalarida zamonaviy texnologiyalarni o‘quv jarayoniga keng joriy etish yoshlarni mehnat bozori talablariga mos bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi