Budapeshtda O‘zbekiston–Vengriya oliy darajadagi siyosiy muloqotini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Oktabr 14, 2026. 10:00 • 59 soniya

•
Budapeshtda O‘zbekiston–Vengriya oliy darajadagi siyosiy muloqotini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

BUDAPЕSHT, 14-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya Prezidenti Administratsiyasining fuqarolik va xalqaro aloqalar departamenti direktori Dyord Kerekesh bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda tomonlar oliy darajadagi siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ta’lim, madaniyat va gumanitar sohalardagi aloqalarni mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash uchun muntazam aloqalarni saqlab turish, amaliy hamkorlikni kengaytirish hamda mavjud ulkan salohiyatdan samarali foydalanish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Mazkur uchrashuv ikki tomonlama konstruktiv muloqotni izchil davom ettirish hamda o‘zaro manfaatli barcha yo‘nalishlarda o‘zbek-venger hamkorligini yanada kengaytirishga bo‘lgan o‘zaro intilishni yana bir bor tasdiqladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish