O‘zbekiston va Yaponiya 2027-yilda diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 35-yilligi munosabati bilan qo‘shma tadbirlar rejasini ishlab chiqadi
Oktabr 12, 2026. 09:30 • 2 daq
• 192
TOKIO, 12-oktyabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston diplomatlari Yaponiya parlamenti Vakillar palatasi deputati, Yaponiya–O‘zbekiston parlamentlararo do‘stlik ligasi Ijroiya qo‘mitasi raisi Keysuke Sudzuki bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi kengaytirilgan strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda parlamentlararo aloqalarni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, O‘zbekiston Prezidentining 2025-yil dekabr oyida Yaponiyaga rasmiy tashrifi va joriy yil sentyabr oyida Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan Tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi Strategik muloqoti doirasida erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, huquqiy sohalar hamda mehnat migratsiyasi yo‘nalishlaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha 2027-yilda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 35-yilligiga bag‘ishlangan qo‘shma tadbirlarni ishlab chiqish, shuningdek, parlamentlararo va amaliy sheriklikni yanada jadallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 26-yanvarda o‘rnatilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi