Dushanbeda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan rasmiy qabul marosimi bo‘lib o‘tdi

Sentabr 05, 2026. 19:00 • 2 daq

50
Dushanbeda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan rasmiy qabul marosimi bo‘lib o‘tdi
Dushanbeda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan rasmiy qabul marosimi bo‘lib o‘tdi
Dushanbeda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan rasmiy qabul marosimi bo‘lib o‘tdi

DUShANBE, 5-sentabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan rasmiy qabul marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirning faxriy mehmoni Tojikiston Bosh vaziri o‘rinbosari Sulaymon Ziyozoda bo‘ldi. Tadbirda, shuningdek, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Nigina Alizoda ham ishtirok etdi.

Bundan tashqari, qabul marosimida Tojikiston TIV, vazirlik va idoralari bo‘linmalari rahbarlari, Dushanbeda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, mahalliy ekspertlar, OAV bosh muharrirlari va yetakchi muxbirlari qatnashdilar.

Marosim ikki davlat madhiyalari ijrosi bilan boshlandi. So‘ngra O‘zbekistonning Tojikistondagi elchisi qutlov so‘zi bilan chiqish qildi.

Tadbir davomida katta ekranda so‘nggi 35 yil davomida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda erishilgan yutuqlarni aks ettiruvchi videomateriallar namoyish etildi.

Qabul bayramona muhitda o‘tdi. Mehmonlar anʼanaviy o‘zbek mehmondo‘stligini alohida eʼtirof etdilar. O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik va abadiy qardoshlik munosabatlari bundan buyon ham mustahkamlanib yana-da rivojlanib borishi taʼkidlandi.

“Avesta” axborot agentligi rahbari Jamshed Ulmasovning taʼkidlashicha, namoyish etilgan videomateriallar va diplomatik aloqalar monitoringi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik izchil kengayib borayotganidan dalolat beradi. Ushbu jarayon, ayniqsa, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Tojikiston Milliy siyosatshunoslar assotsiatsiyasi direktori Abdug‘ani Mamadazimov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oqilona siyosati tufayli so‘nggi yillarda mamlakat misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib, ulkan muvaffaqiyatlarga erishganini qayd etdi.

Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi Falsafa va siyosatshunoslik instituti ilmiy xodimi Viktor Kim esa Dushanbedagi xorijiy diplomatik vakolatxonalar orasida bu kabi tadbirni birinchilardan bo‘lib aynan O‘zbekiston tashkil etganini hamda u yuqori darajada o‘tganini alohida eʼtirof etdi.

“Xalq ovozi” gazetasi bosh muharriri Yoqubjon Abdumanonzodaning taʼkidlashicha, “Sharq gavhari” sifatida eʼtirof etiladigan O‘zbekiston o‘zining betakror meʼmorchiligi, boy madaniyati va anʼanalari bilan har yili dunyoning turli burchaklaridan minglab sayyohlarni jalb etmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish