Yerevanda O‘zbekiston–Armaniston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi

Sentabr 08, 2026. 17:30 • 2 daq

25
Yerevanda O‘zbekiston–Armaniston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi
“Dunyo” AA surati

TOSHKENT, 8-sentabr. /“Dunyo” AA/. Kecha Yerevanda O‘zbekiston va Armaniston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, delegatsiyalarga tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari Bobur Usmonov va Mnatsakan Safaryan boshchilik qildi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi har tomonlama hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Oliy va yuqori darajadagi muloqotlar chog‘ida belgilangan vazifalar ijrosining borishi ko‘rib chiqildi.

Ikki tomonlama hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini kengaytirish va xalqaro maydonlarda o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.

Sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalar, turizm va taʼlim sohalaridagi mavjud salohiyatdan foydalanishga alohida eʼtibor qaratildi.

Ikki tomonlama kun tartibidagi keng ko‘lamli masalalar bo‘yicha amaliy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi yaqin muvofiqlashtiruvni davom ettirishga kelishib olindi.

“Dunyo” AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish