O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Sentabr 08, 2026. 16:10 • 49 soniya
• 76
TOSHKENT, 8-sentabr. /“Dunyo” AA/. Bugun Belgraddagi Serbiya saroyida Serbiyaga rasmiy tashrifini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich O‘zbekiston yetakchisini samimiy qarshi oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Serbiya davlat madhiyalari yangradi, artilleriya to‘plaridan o‘n marta o‘q uzilib, tantanali salyut berildi.
Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar. Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi