O‘zbekistonlik mutaxassislar uchun Gonkongda sunʼiy intellekt bo‘yicha malaka oshirish dasturi tashkil etildi

Avgust 24, 2026. 13:00 • 1 daq

74

GONKONG, 24-avgust. /“Dunyo” AA/. Gonkong fan va texnologiyalar universiteti (HKUST) hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti hamkorligida yurtimizning informatika yo‘nalishidagi 50 nafar malakali mutaxassisi uchun malaka oshirish dasturi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Dastur taʼlim jarayonida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanishga bag‘ishlangan.

Malaka oshirish kurslarini tashkil etishdan asosiy maqsad ishtirokchilarning sunʼiy intellekt bo‘yicha bilimini kengaytirish, ularni taʼlim va boshqa sohalarda SIni qo‘llashning ilg‘or yondashuvlari bilan tanishtirish, zamonaviy raqamli vositalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

HKUST kabi yuqori texnologik va ilmiy-tadqiqot salohiyati yuqori bo‘lgan taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish muhim ahamiyatga ega.

Bu qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar almashinuvini kuchaytirish hamda sunʼiy intellekt sohasida qo‘shma taʼlim dasturlarini ishlab chiqish imkonini beradi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish